Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda tabiiy ofat oqibatida 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topildi

Hindistonda tabiiy ofat oqibatida 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topildi

Foto: «News.day.az»

Hindistonning Uttarakxand shtatida muz ko‘chishi oqibatida o‘nlab odamlar halok bo‘lishdi. Bu haqda «The Hindu» nashri xabar bermoqda.

Ta’kidlanishicha, birgina 20-fevral kuni Tapovan gidroelektrostansiyasida besh kishining jasadi chiqdi, ulardan to‘rttasining shaxsi aniqlandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, jami 67 ta jasad va 28 ta tana qismlari topilgan. Jasadlardan 37 tasining shaxsiga aniqlik kiritilgan. 137 kishi bedarak yo‘qolgan deb hisoblanmoqda.

7-fevralda muz ko‘chishi Rishiganga daryosida suv sathining ko‘tarilishiga olib kelgan va Rishiganga gidroelektrostansiyasini oqizib yuborgan. To‘satdan boshlangan suv toshqini Tapovanda qurilayotgan NTPC kompaniyasining gidroelektrostansiyasiga ham zarar yetkazdi. Toshqin boshlangan paytda texnik tunnelda 30-35 kishi bo‘lgan.

Favqulodda vaziyatlarda davlat xizmatining 12 guruhi daryolar bo‘ylab odamlarni qidirishni davom ettirmoqda. Qayd etilishicha, qidiruv ishlariga milliy va mahalliy qutqaruvchilar, Hind-Tibet politsiyasi xodimlari va harbiylar ham jalb qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring