Hindistonda «qurt yomg‘iri» yuz berdi
Hindistonda «qurt yomg‘iri» hodisasi yuz berdi. Bu haqda Daily Mail yozmoqda.
Nepal bilan chegaradosh Sharqiy Hindiston shtatida noodatiy yomg‘ir yog‘di. Bo‘layotgan voqeadan qo‘rqib ketgan mahalliy aholi uylariga yashirinib, deraza va eshiklarni yopib olgan.
Hozir mutaxassislar bunday tabiiy hodisaga nima sabab bo‘lganini aniqlashga harakat qilmoqdalar.
Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan. Biroq yerga tushgan hasharotlarning katta qatlami tufayli odamlar uzoq vaqt uylarini tark eta olmadilar.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter