Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda koronavirus bemorlariga joy yetmay qoldi

Hindistonda koronavirus bemorlariga joy yetmay qoldi

Foto: «Photo.boltai.com»

Hindistonda koronavirusni yuqtirganlar soni ikki million kishidan oshdi. Bu haqda Jons Xopkins universiteti ma’lum qilgan.

2,02 million kishida COVID-19 tasdiqlangan. 41 585 kishi hayotdan ko‘z yumdi. Butun mamlakat bo‘ylab shifoxonada joylar, tibbiy jihozlar va himoya vositalari yetishmasligidan shikoyat qilishmoqda.

Hindiston — bir necha million koronavirus holati qayd etilgan jahondagi uchinchi davlat. AQShda kasallanganlar soni 4,8 million, Braziliyada esa 2,9 million kishidan oshgan.

6-avgust kuni Hindistonda COVID-19 pnevmoniyasi chaqirgan asoratlar tufayli o‘lim soni bo‘yicha rekord qayd etilgani to‘g‘risida xabar bergandik. Kunlik o‘lim soni birinchi marta 900 tadan oshganda — 918 nafar bemor vafot etgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring