Hindistonda ko‘plab insonlar ko‘chki qurboniga aylanishdi
Seshanba kuni Assam shtatida ko‘chki oqibatida 20 ga yaqin odam halok bo‘ldi, deya xabar berdi «NDTV» telekanali.
Telekanal manbalariga ko‘ra, Kachar va Xaylakandi hududlarida yetti kishidan, Karimganjda olti kishi hayotdan ko‘z yumgan. Fojia yuz bergan joyga qutqaruv guruhlari jalb etilgan. Shuningdek, jabrlanganlar borligi haqida ham xabarlar tarqatilgan, faqat ularning aniq soni ma’lum emas.
Shtatgacha yetib kelgan «Ampan» tayfuni kuchli yomg‘irlarga sabab bo‘lgan, daryolarni toshirib, ko‘chkilarni keltirib chiqargan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 24 ming gektardan ziyod maydon suv ostida qolib ketgan, infratuzilma, ko‘prik va yo‘llarga shikast yetgan.
Shtat ma’muriyatining ta’kidlashicha, 372 mingdan ziyod kishi suv toshqinidan jabrlangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter