Hindistonda jazirama 100 ga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘ldi
Hindistonda anomal issiq 98 kishining o‘limiga sabab bo‘ldi.
Hindustan Times nashrining yozishicha, Uttar-Pradeshda 54 kishi, Bixarda 44 kishi halok bo‘lgan.
Uttar-Pradesh hukumati halok bo‘lganlar yuzasidan tergov boshlanganini ma’lum qildi.
Har ikki shtatda havo harorati 45 darajadan oshgan.
Bixar shtatining ma’muriy markazi Patna shahrida maktablarda darslar 24 iyunga qadar to‘xtatildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter