Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hindistonda avtobus kanalga quladi: 32 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda avtobus kanalga quladi: 32 kishi halok bo‘ldi

Foto: «VVS»

Hindiston shimoli-sharqida Madxya-Pradesh shtatida avtobus haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib qo‘ydi va transport vositasi kanalga quladi. Natijada 32 kishi halok bo‘ldi, yana 20 ga yaqin odam bedarak ketganligi aytilmoqda, deya xabar berdi VVS.

Ta’kidlanganidek, YTH shtat markazi Bxopaldan 560 km uzoqlikda sodir bo‘lgan. Avtobusda jami 60 ga yaqin yo‘lovchi bo‘lganligi ma’lum qilingan. Voqea joyida qutqaruv guruhlari va tez yordam shifokorlari ishlashmoqda. Ma’lumki, yetti kishi suvdan olib chiqilgan, ularning ahvoli qoniqarli.

«Fojia yuz berdi. Qutqaruv ishlari davom ettirilmoqda. Ikkita vazir hodisa sodir bo‘lgan joyga samolyotda yetib borishgan», — dedi vazir Shivraj Singx Choxan.

U halok bo‘lganlarning oilalari davlat tomonidan 5 lak (72 million so‘m) miqdorida tovon puli olishiga va’da berdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring