Hindistonda avtobus daraga quladi: 5 kishi halok bo‘ldi
![Hindistonda avtobus daraga quladi: 5 kishi halok bo‘ldi](https://static.xabaruz.com/crop/2/4/720_460_95_2405570939.jpg)
Hindistonning Uttarakxand shtatida avtobus daraga qulashi oqibatida kamida 5 kishi halok bo‘lgan, 21 kishi yaralangan, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.
Yo‘l transporti hodisasi bugun, 7 sentyabr kuni erta tongda Almora okrugida sodir bo‘lgan. Avtobusda 30 dan ziyod yo‘lovchi bo‘lgan.
Haydovchi tog‘li hududda avtobus boshqaruvini yo‘qotgan.
Jabrlanganlar shifoxonaga yotqizilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter