Hindiston Ukrainadagi elchixonasini Polshaga ko‘chirdi
Hindiston Ukrainadagi elchixonasini Polshaga ko‘chirishga qaror qildi. Bu haqda Hindiston tashqi ishlar vazirligining rasmiy saytida xabar berildi.
«Ukrainada xavfsizlik borasida vaziyat tez yomonlashib borayotgani, jumladan, mamlakatning g‘arbiy qismiga hujumlar sababli, Hindistonning Ukrainadagi elchixonasini Polshaga vaqtincha ko‘chirish qaroriga kelindi», — deyiladi xabarda.
Hindiston tashqi siyosat idorasi voqealarning kelgusi rivojiga qarab vaziyat o‘zgarishi mumkinligini ta’kidlagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter