Hindiston O‘zbekistonga shakar ortilgan mashinalar karvonini yubordi
Hindiston ilk bor O‘zbekistonga tijorat yukini Pokiston va Afg‘oniston orqali tranzit qilib jo‘natdi. 140 tonna yuk (asosan shakar) ortilgan mashinalar karvoni Kobuldan Toshkentga jo‘nab ketdi. Bungacha yuk «Mumbay – Karachi – Torkham» yo‘nalishi bo‘ylab kelgan.
Yuk jo‘natilishi Hindiston tomonidan xususiy ravishda tashkil etilgan. O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasidagi tranzit savdosi to‘g‘risidagi kelishuv uni amalga oshirish imkonini berdi.
«Endi bu [транзит] muntazam ravishda amalga oshiriladi. O‘zbekiston Pokiston portlari orqali istalgan davlatdan mahsulot olib kirish imkoniyatiga ega bo‘ladi», — dedi Pokiston rasmiysi.
Eslatib o‘tamiz, imtiyozli savdo bo‘yicha kelishuvlar tuzilganidan so‘ng Pokiston O‘zbekistonga go‘sht yetkazib bera boshlagan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter