Hindiston Olimpiya o‘yinlariga mezbon bo‘lmoqchi
Hindiston 2036-yilgi Olimpiada mezbonligi uchun kurashga qo‘shiladi. Bu haqda mamlakat yoshlar ishlari va sport vaziri Anurag Singh Thokur bayonot berdi.
Yozgi o‘yinlarni Ahmadobod o‘tkazishi mumkin, ta’kidladi vazir.
«2032-yilgacha bo‘lgan Olimpiadalar mezbonligi band qilib bo‘lingan, 2036-yildan boshlab Hindiston mezbonlik uchun ariza topshirishga to‘liq tayyor bo‘lishiga ishonaman va umid qilaman», — dedi Thokur.
Hindistonning Olimpiadani o‘tkazish bo‘yicha «yo‘l xaritasi» 2023-yilning sentyabrida taqdim etilishi rejalashtirilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter