Hazratimning nomi berilayotgan masjid qurilishi turli sabablarga ko‘ra ikki marta to‘xtab qolgandi (foto)
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida joylashgan So‘galli ota yodgorligi yonida 1990-yillar boshida masjid qurilishi boshlangan edi. O‘sha vaqtda ustozimiz shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari muftiy vazifasida edilar. Ammo ayrim sabablarga ko‘ra, 1997-yili mazkur masjid qurilishi to‘xtatib qo‘yilgan edi.
2013-yili dekabr oyida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ushbu masjidga tashrif buyurib, masjid qurilishi nega to‘xtab qolgani hamda boshqa qurilishdagi muammolar bilan qiziqqanlar. Masjid qurilishi davomi etishini so‘rab xayrli duolar qilganar.
Shundan so‘ng masjid qurilishida biroz siljish bo‘lib, bahonasida masjid gumbazi qurib bitkaziladi. Ammo oradan biroz vaqt o‘tib, masjidni barpo etish ishlari yana to‘xtab qolgan. O‘shanda qurilish ishlari to‘xtab qolganini eshitgan shayx hazratlari rosa xafa bo‘lgan ekanlar.
Avvalroq bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahridagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishuvi jarayonida mazkur masjidga borgani, tashrif chog‘ida Chilonzor tumanida barpo etiladigan mazkur masjidga Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf nomi berilishi e’lon qilgani haqida xabar bergan edik.
Quyida shayx hazratlari hayotligida bir necha bor kelgan mazkur masjid haqidagi videolavha orqali ko‘proq ma’lumotga ega bo‘lishingiz mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter