Haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan yigit ekskavatorda piyodani urib yubordi
2020-yil 3-sentyabr kuni soat 11:00 larda Farg‘ona viloyati Qo‘shtepa tumani hududidan o‘tgan 4R-127 «Marg‘ilon-Soybo‘yi-Mingbuloq» avtomobil yo‘lining 10-kilometrida YTH sodir bo‘ldi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB Axborot xizmati xabar berdi.
2001-yilda tug‘ilgan, haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan A.J. «HYUNDAI» rusumli ekskavatorni boshqarayotib, yo‘lning chap tomonidan o‘ng tomoniga kesib o‘tayotgan 1952-yilda tug‘ilgan piyoda X.S.ni urib yuborgan.
Natijada 68 yoshli piyoda X.S. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida vafot etgan.
Mazkur YTH yuzasidan Qo‘shtepa tumani IIB huzuridagi TB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga olib kelgan transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Barcha fuqarolardan haydovchilik guvohnomasini olmay turib, transport vositasini boshqarmaslik, o‘zi va o‘zgalar hayotini xavf ostiga qo‘ymaslik, piyodalardan esa qoidalarga amal qilish so‘raladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter