Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ushbu haftada havo harorati 23-28 darajagacha pasayishi kutilyapti

Ushbu haftada havo harorati 23-28 darajagacha pasayishi kutilyapti

Foto: Xabar.uz

Bugun va ertaga  havo harorati 34-39° atrofida  iliq va quruq bo‘ladi. 

8-sentyabrda respublika shimoliga antitsiklon kirib kelishi boshlanadi, antitsiklon Volga bo‘yi hududlaridan salqin havoni olib keladi. 9-10 sentyabrda salqin havo massasi O‘zbekistonning barcha hududlarini qamrab oladi.

Respublika bo‘yicha asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. 8 sentyabr, chorshanba kuni respublika hududining ko‘p qismida harorat 32-37° bo‘lgan iliq ob-havo saqlanib turadi, faqat shimoliy viloyatlarda harorat 25-30° gacha pasayadi.

9-10-sentyabrda O‘zbekistonning barcha hududlarida havo salqinlashadi. Juma kuniga kelib, havo harorati kechalari va yerta togda 12-17° gacha, kunduz kunlari 23-28° gacha pasayadi, bu o‘rtacha ko‘p yillik qiymatlardan 2-4° ga pastdir.

8-10-sentyabrda havo massasining o‘zgarishi O‘zbekistonning ko‘pchilik viloyatlarida shamol tezligi 17-22 m/s gacha kuchayishi bilan kuzatiladi.

6-7-sentyabrda respublikaning shimoliy va cho‘l hududlari bo‘yicha shamol tezligi 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring