Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi uchun farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi» – Ruslanbek Davletov

«Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi uchun farmon jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmadi» – Ruslanbek Davletov

Adliya vaziri Ruslanbek Davletov bugun, 9-iyun kuni bo‘lib o‘tgan anjumanda yer munosabatlarini tartibga solishni nazarda tutuvchi prezident farmoni nima uchun jamoatchilik muhokamasiga qo‘yilmaganiga izoh berdi, deb xabar qilmoqda «Gazeta.uz».

«Farmon jamoatchilik muhokamasiga, bevosita regulation.gov.uz saytiga qo‘yilmadi. Sababi biz aytgan guruh juda qattiq ishlarni olib bordi. Farmon e’lon qilinib, jamoatchilik muhokamasida tursa, noqonuniy jarayonlar birdan kuchayib ketishi ehtimoli bor edi. Shuning uchun, Bosh prokuratura nazorati ostida moratoriy e’lon qilinib, shu yo‘sinda farmon qabul qilindi... Har xil o‘yin bo‘lib ketmasligi, davlat miqyosida yerlar talon-toroj qilinmasligi uchun mana shunaqa yondoshuv qilindi», — dedi vazir.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring