Prezident: Endi yer va mulk ajratish haqidagi qarorlar faqat sud orqaligina bekor qilinadi
Tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tayotgan ochiq muloqotda Prezident Mirziyoyev tadbirkorlarning mulk huquqini himoya qilish masalasiga ham to‘xtalib o‘tdi.
Davlat rahbarining ta’kidlashicha, bundan buyon yer va mulk ajratish haqidagi qarorlarni bekor qilish faqat va faqat sud tartibida amalga oshiriladi.
«Fursatdan foydalanib, barcha hokimlarning e’tiborini bir masalaga qaratmoqchiman – mulk huquqiga oid qarorlarni ular tomonidan bekor qilishga yo‘l qo‘yilmaydi», – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ya’ni, huquq beruvchi hujjatni faqat sud haqiqiy emas, deb topishi mumkin bo‘ladi.
Shuningdek, tadbirkorlarni qiynayotgan yana bir amaliyot – tergov jarayonida mol-mulkni xatlab qo‘yish bilan bog‘liqligi ta’kidlandi.
Misol uchun, o‘tgan 3 yilda tergovchilar tomonidan aniqlangan zarardan ikki barobar ko‘p mol-mulk xatlangan (1,5 trillion so‘m).
«Endi, har bir xatlovning asosli ekani sud tomonidan ko‘rib chiqiladi, qarorni faqat sud qabul qiladi. O‘ylaymanki, shundagina adolat bo‘ladi», – dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter