«Vazir o‘zgargani yo‘q» — Ruslanbek Davletovga oid xabarlarga izoh berildi
Ijtimoiy tarmoqlarda Adliya vaziri Ruslanbek Davletovning boshqa lavozimga o‘tishi haqida xabarlar tarqalmoqda. Vazirlik matbuot kotibi bu mish-mishlarga munosabat bildirdi.
«Adliya vaziri o‘zgargani yo‘q. Ruslanbek Davletov o‘z ish joyida o‘z xizmat vazifasini bajarmoqda. Jurnalist va blogerlardan ma’lumotlarni tarqatishda rasmiy manbalarga tayanishlarini so‘raymiz», — deya munosabat bildirgan Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara O‘rinboyeva.
Ma’lumot uchun, tarmoqlarda tarqalgan xabarlarda adliya vaziri Ruslanbek Davletov prezident maslahatchisi etib tayinlanishi, uning o‘rniga Buxoro viloyati prokurori Mahmud Istamov adliya vaziri bo‘lishi aytilayotgandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter