Har kuni 15-20 nafar bemor juda og‘ir ahvolda Zangiota shifoxonasiga tushyapti
O‘zbekistonda koronavirus bilan yangi kasallanish holatlarining 85 foizi «omikron», 15 foizi «delta» shtammiga to‘g‘ri kelyapti. Bu haqda Zangiota yuqumli kasalliklar shifoxonasi direktori D.Mirazimov ma’lumot berdi.
Mirazimovga ko‘ra, O‘zbekistonda ushbu mavsum uchun odatiy gripp ham kuzatilmoqda.
Umuman olganda, «omikron» yengil kechyapti, biroq har kuni o‘rtacha 15-20 nafar bemor juda og‘ir ahvolda Zangiota shifoxonasiga tushmoqda. Ularning deyarli barchasi emlanmagan katta yoshdagi va surunkali kasalliklari bor odamlar, dedi shifokor.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter