Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Hammomning paynovida «gap bor» ekan-da?!

Hammomning paynovida «gap bor» ekan-da?!

Foto: «Xabar.uz»

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining Farg‘ona shahar bo‘limi xodimlari navbatdagi «topilma»ga duch kelishdi.

Shahardagi xususiy korxonalarning biriga qarashli umumiy hammom gaz hisoblagich uskunasidan «aylanib» o‘tilgan holda tarmoqqa ulanib olgan ekan?!

Hisob-kitob qilingandiki, noqonuniy ulanish natijasida 24.617.000 so‘m miqdorida moddiy zarar yetibdi.

Ish tergovga qadar yetib bormadi. Hammom sohibi aybiga to‘liq iqror bo‘lib, yetkazilgan zararni tezda qopladi.

Agar shu qilmish yana takrorlansa-chi? Oqibatini MIB xodimlari tushuntirib o‘tirishmadi. Hammom egasi shundog‘am yaxshi bilarkan. Bilar ekansan, hammomning payvoni orqali o‘g‘rincha ish qilasanmi?!

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring