HAMAS Isroil bilan kelishdimi? So‘nggi ma’lumotlar

G‘azoda hukmron HAMAS harakati haligacha Isroil bilan o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha kelishuvga erishgani yo‘q, deya ma’lum qildi Oq uy.
Isroil esa AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoffning rejasini ma’qulladi. Avvalroq arab OAVlari ikkala tomon ham kelishuvni ma’qullagani haqida xabar bergan edi.
Al-Arabiya telekanaliga ko‘ra, reja Vashington, Qohira va Doha kelishuvga erishilgan kundan boshlab 60 kun davomida o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga rioya etilishini ta’minlashini nazarda tutadi. Ular muddati uzaytirilgan taqdirda ham kafil bo‘ladi. Shuningdek, bitim amalga oshirilishining birinchi haftasida ikki bosqichda 10 nafar tirik garovga olinganlarni ozod qilish va 18 nafar o‘lik garovga olinganlarning jasadlarini qaytarishni ham nazarda tutadi.
Avvlaroq AQShning G‘azo bo‘yicha yangi rejasi oshkor etilgandi. Ushbu rejada BMT tomonidan anklav aholisiga insonparvarlik yordamini qayta tiklash ham nazarda tutilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter