Halokatli toshqin: Turkiya shimoli-sharqida to‘rt kishi vafot etdi
Turkiya shimoli-sharqida kuchli suv toshqini natijasida to‘rt kishi halok bo‘ldi, 12 kishi bedarak ketdi. Kuchli yomg‘irlar tufayli Giresun viloyatida sel kelgan, deya xabar berdi «MIR 24».
Halok bo‘lganlar orasida jandarmeriya xodimi ham bor, uning yana besh nafar hamkasbi esa bedarak ketdi. Ularning ostidagi ko‘prik qulab tushgan. Hududdagi barcha yo‘llar yopib qo‘yilgan. Shahar ko‘chalari bo‘ylab harakatlanishning umuman iloji yo‘q, suv ularni quturgan daryoga aylantirib yuborgan. Odamlar vertolyot yordamida evakuatsiya qilingan. Turkiya ichki ishlar vaziri voqea joyiga yetib borgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter