Habib UFCdan ketishini e’lon qildi — endi kim «birinchi»?
Jastin Getji ustidan g‘alaba qozongan Habib Nurmagomedov UFCdan ketishini, bu o‘zining so‘nggi jangi ekanini e’lon qilgandi. Nurmagomedov 29 jangning barchasida g‘alaba qozongan.
Ushbu jangdan so‘ng uning raqibi Jastin Getji «MMA Junkie»ga intervyu berdi.
«U meni yiqitib olishga urinishini bilardim, shuning uchun masofa saqlashga harakat qildim. Tan olishim kerak, parterda ishlashni yaxshilamasam bo‘lmaydi. Menga qo‘lda jang qilish ko‘proq yoqadi, ammo g‘alaba uchun har jihatdan tayyor bo‘lish kerak», — dedi u.
Amerikalik jangchi Habibning ketishiga ham munosabat bildirdi:
«Habib ketishi bilan men birinchiga aylanaman. Pore va Makgregor yanvarda jang qiladi, biroq bu jang rasman e’lon qilinmagan. Agar Konor kamar uchun qaytishni istasa men tayyorman. Agar boshqasiga berishsa, mayli, shunday bo‘lsa qolsin. Men jangga doim shayman, bu mening ishim, hayotim», — deya so‘zlariga yakun yasadi Getji.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter