Habib Nurmagomedovning menejeri Poreni yenggani uchun qancha gonorar ishlab olganiga aniqlik kiritdi
Rossiyalik aralash uslubdagi jang ustasi Habib Nurmagomedovning menejeri Rizvan Magomedov amerikalik Dastin Pore bilan olishuvidan jangchining ishlab olgan gonorariga oydinlik kiritdi. Uning so‘zlarini «Sport-Ekspress» keltiradi.
— Olti million (dollar) — bu kamaytirilgan raqam. Habib Pore bilan jangdan Makgregor bilan jangdagidan ko‘ra ko‘proq pul ishlab topdi, — deydi Magomedov. Uning ta’kidlashicha, Nurmagomedov — dunyo tan olgan sportchi. U yaxshi gonorar olishi uchun taniqli jangchilarga muxtoj emas.
Joriy yil sentyabr oyida jangchining otasi Abdulmannop Nurmagomedov Porega qarshi jang uchun uning o‘g‘li Makgregorga qarshi jangidan ko‘ra 3-3,5 baravar ko‘proq pul ishlab olganini aytgandi. 2018-yil oktyabrdagi jangi uchun sportchi ikki million dollar ishlab topgan.
Habib Nurmagomedov — UFCning yengil vazn bo‘yicha amaldagi chempioni. U o‘zining so‘nggi jangida Poreni bo‘g‘uvchi usulini qo‘llab g‘alab qozondi. Habib Nurmagomedov hozirgi vaqtgacha MMA qoidalari bo‘yicha 28 ta jang o‘tkazib, ularning barchasida g‘alaba qozongan. U vazn toifalarini hisobga olmagan holda UFC reytingida ikkinchi pog‘onani zabt etib turibdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter