Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Habib Nurmagomedov kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Habib Nurmagomedov kutilmagan bayonot bilan chiqdi

Yengil vazn toifasida sobiq UFC chempioni Habib Nurmagomedov MMA sohasini butunlay tark etishini e’lon qildi.

U bu haqda o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarida e’lon qilgan.

«Habib MMA sanoatini tark etmoqda. Bu murabbiylik faoltiyatiga va MMA bilan bog‘liq barcha narsalarga tegishli. Sababi Xabib oilasiga vaqt ajratish istagida», deyiladi Nurmagomedov postida.

Avvalroq Xabib o‘z jamoasidagi MMA jangchilari bilan uchrashuv o‘tkazgan, shundan so‘ng u qo‘shma fotosuratini e’lon qilgan va izohida shunday yozgandi: «Albatta, yil juda voqealarga boy va muvaffaqiyatli bo‘ldi. Rahmat, siz mening sportdagi muvaffaqiyatlarimga katta sababchi bo‘ldingiz».

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring