Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Guruchning sun’iysini eshitgan edik. Navbat karamgami? (video)

Guruchning sun’iysini eshitgan edik. Navbat karamgami? (video)

Foto: Alibaba.com

Bu xabarni yoritishimizga Rossiyadan yo‘llangan maktub sabab bo‘ldi.

«Meni tashvishlantirayotgan bir muammo bor, shundan yurtdoshlarim va barcha mo‘min-musulmonlar xabardor bo‘lishini istayman. Hozirda ayrim Osiyo davlatlaridan, ayniqsa, Xitoydan kelayotgan oziq-ovqatlarning orasida juda shubhali mahsulotlar ham uchramoqda. Nopok «tadbirkor»lar avval tuxumni, keyin guruchni, endi esa sabzavotlarni ham sun’iylashtirishmoqda. Rossiyada yasharkanmiz qaysi mahsulot tabiiy va halol ekanligini aniq bilolmaymiz.

Bunday mahsulotlar O‘zbekistonga ham kirib kelmasligiga kim kafolat bera oladi? O‘zim kimyogarman. Kimyo usulida olingan bunday mahsulotlar oshqozon-ichak buzilishlari, saraton, jigar sirrozi kabi og‘ir kasalliklarni keltirib chiqarishi o‘z isbotini topmoqda. Bunday yeguliklar, ayniqsa, bolalar uchun juda xavfli. Quyidagi videolavhalarni ko‘ring, xulosasi o‘zingizga havola».

Ismsiz maktubni o‘qib, taqdim etilgan videolavhalarni tomosha qilib, siz azizlar bilan bo‘lishishni lozim topdik. Zero, ilm-fan taraqqiyoti faqat inson farovonligiga emas, kimlarningdir sog‘lig‘i yo‘qolishi hisobiga nopok kimsalarning cho‘ntagi qappayishiga ham xizmat qilmoqda.

Sun’iy karam:

Sun’iy tuxum:

Sun’iy guruch:

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring