Gurbanguli Berdimuhamedov o‘zining ilmiy asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi

Muzokaralardan so‘ng O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Turkmaniston rahbarining kitoblari — ilmiy asarlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi, deb xabar bermoqda davlatimiz rahbarining matbuot xizmati.
Qayd etilishicha, ushbu kitoblar mamlakatimiz ilmiy-akademik doiralari va ijodiy jamoatchiligida katta qiziqish uyg‘otgan. Mazkur tashrif arafasida Gurbanguli Berdimuhamedovning qator kitoblari — «Baxtli hayot sog‘liqdan boshlanar», «Madaniyat – xalqning bebaho xazinasi», «Barhayot afsona», «Choy – shifo va ruhiy quvvat manbai» nomli asarlari o‘zbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan edi.

Davlatimiz rahbari Turkmaniston Prezidentiga mamlakatimizda chop etilgan Gurbanguli Berdimuhamedov kitoblarining ilk nusxalarini sovg‘a qildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter