Gurbanguli Berdimuhamedov og‘ir judolikka uchradi
![Gurbanguli Berdimuhamedov og‘ir judolikka uchradi](https://static.xabaruz.com/crop/1/7/720_460_95_1769077102.jpg)
Turkmaniston Prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedovning otasi Malikguli Berdimuhamedov 89 yoshida vafot etdi. Bu haqda respublika davlat axborot agentligi ma’lumotiga tayanib Interfaks xabar bermoqda.
Malikguli Berdimuhamedov ichki ishlar vazirligida ishlagan yillar davomida Toshhovuz, Maryam, Ashxobod shaharlarida turli lavozimlarda ishlagan: u guruh komandiri, otryad boshlig‘i, navbatchi qism, kadrlar bo‘limini boshqargan.
U ko‘p yillar o‘qituvchilik qildi, Milliy Ta’lim Instituti, Pedagogika fanlari ilmiy tadqiqot instituti va Ashxobod Maorif bo‘limida ishlagan. 1982 yilda podpolkovnik unvoni bilan nafaqaga chiqqan.
2012-yil fevralda Turkmaniston Majlisining (parlamenti) qarori bilan 1001-sonli poytaxt harbiy qismiga Malikguli Berdimuhamedov nomi berilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter