Gruziya Rossiyaga avtomobil eksport va reeksport qilishni taqiqladi
Gruziyada 26 sentyabrdan Yevropa Ittifoqdan Rossiya va Belarusga avtomobillarni eksport va reeksport qilishga taqiq kuchga kirdi.
Qaror avgust oyi boshida qabul qilingan edi. Bunga o‘xshash qoidalar Amerika avtomobillariga ham tegishli.
Choralar Yevropa Ittifoqining Rossiyaga dvigateli hajmi 1900 kub metrdan ortiq bo‘lgan avtomobillarni olib kirishni taqiqlovchi 11-sanksiya paketiga muvofiq amalga oshirildi. Shuningdek, barcha elektr va gibrid avtomobillarni ham eksport va reeksport qilish taqiqlangan.
Ma’lumot uchun, Gruziya avtomobil ishlab chiqarmaydi, lekin ularni faol ravishda import qiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter