Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gruziya parlamenti janjalli qonun loyihasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Gruziya parlamenti janjalli qonun loyihasiga qo‘yilgan taqiqni olib tashladi

Gruziya parlamenti ko‘pchilik ovoz bilan prezident Salome Zurabishvili tomonidan «Chet el ta’sirining ochiqligi to‘g‘risida»gi munozarali qonunga qo‘ygan vetoni bekor qilishga muvaffaq bo‘ldi.

Ushbu qonunning qabul qilinishi Gruziya jamiyatining katta qismining noroziligiga, AQSh va Yevropa Ittifoqining tanqidiga sabab bo‘ldi va Tbilisida keng ko‘lamli namoyishlarga olib keldi. 

Asosan hukmron «Gruziya orzusi» partiyasidan 84 deputat prezident vetosini bekor qilish uchun ovoz berdi. Prezident vetosini bekor qilish uchun parlamentdagi 150 nafardan kamida 76 nafarining ovozi kerak edi. Hukmron partiya fraksiyasi parlamentda 84 deputatdan iborat.

Seshanba kuni parlamentning prezident vetosi masalasi muhokama qilingan yalpi majlisida parlamentdagi ko‘pchilik vakillari va muxolifat deputatlari o‘rtasida yana qizg‘in bahs-munozaralar boshlandi.

Muxolifatdagi Birlashgan Milliy Harakat partiyasi deputati Anna Sitlidzening aytishicha, xorijiy agentlar haqidagi qonun ko‘p muammolarni keltirib chiqaradi.

«Bizning Yevropa Ittifoqiga kirishimiz taqiqlanadi, Gruziya Yevropa bilan vizasiz sayohat qilishdan mahrum bo‘lishi mumkin. G‘arb davlatlari bizga qarshi sanksiyalar joriy etishi aniq, bu Gruziya iqtisodiyotiga bevosita ta’sir qiladi», — deya deputatning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Interfaks agentligi.

Hukmron partiya vakillari o‘z raqiblarini Gruziya manfaatlariga xiyonat qilishda aybladi.

«Siz o‘z davlatingiz manfaatlarini emas, balki xorijiy davlatlar manfaatlarini ko‘zlab ish qilyapsiz. Bu ochiqdan-ochiq xiyonatdir», - dedi parlament raisi Shalva Papuashvili muxolifat deputatlariga murojaat qilib.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring