Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gretsiyada «sho‘xlik qilgan» «Manchester Yunayted» futbolchisi hibsga olindi

Gretsiyada «sho‘xlik qilgan» «Manchester Yunayted» futbolchisi hibsga olindi

Foto: «Sports.ru»

Gretsiyaga hordiq chiqarish uchun borgan «Manchester Yunayted» himoyachisi Garri Maguayr hibsga olindi.

Foto: «Football.ua»

Mahalliy «Protothema» nashri xabarida Mikonosdagi barlarning birida Maguayr va uning do‘stlari angliyalik sayyohlar bilan mushtlashgani aytiladi. Futbolchi va sheriklari voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilar bilan ham nizolashib qolganidan so‘ng, barchasi hibsga olinib mahkamaga olib ketilgan.

Maguayr ishtirokidagi voqeadan «Manchester Yunayted» xabardor. Klub futbolchining grek hukumati bilan hamkorlik qilishiga ishonch bildirgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring