«Google» sun’iy intellekt yordamida «Play Market»dagi yuz minglab zararli dasturlarni o‘chirib tashladi

«Google» kompaniyasi o‘z do‘konidan 700 mingdan ortiq zararli dasturlarni olib tashlash uchun sun’iy intellektdan foydalandi. Bundan tashqari «Play Market»dan yuz mingga yaqin g‘araz niyatli dasturchilar ham o‘chirib tashlandi, deb xabar bermoqda «NV.ua».
Sun’iy intellektning roli noxush yoki zo‘ravonlikni targ‘ib qiluvchi kontentni aniqlashdan iborat bo‘lgan. U shu turdagi dasturlarni aniqlab, «Google» xodimlariga ma’lum qilgan. Xodimlar esa uni o‘rganib chiqib, keyingi faoliyatini yaxshiroq kuzatib boradi.
Shuningdek, «Google»ning ma’lum qilishicha, «Play Protect», xavfsizlik tizimidagi dasturiy ta’minot va android viruslarini aniqlash kompaniyaga xavfli dasturlarni o‘rnatish sonini kamaytirishga xizmat qilgan. Shu bilan birga, kompaniyaning ta’kidlashicha, 250 mingdan ortiq «taqlid ilovalar» ham o‘chirib tashlangan.
Ammo «Google» zararli dasturlarni ular «Play Store»ga tushishidan oldin o‘chirganmi yoki foydalanuvchi ko‘chirib olganidan keyinmi degan savol javobsizligicha qolmoqda. Taxminlarga ko‘ra, ikkala variant ham to‘g‘ri, biroq «Google» bunga rasman izoh bermadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter