Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Google kichik atom elektr stansiyalari quradi

Google kichik atom elektr stansiyalari quradi

Foto: The Keyword

Google texnologiya kompaniyalari orasida birinchi bo‘lib yadroviy yoqilg‘ida ishlovchi elektr stansiyalari quradi. Bu stansiyalar energiya tejamkorligi yuqori bo‘lgan sun’iy intellektli data-markazlarini tok bilan ta’minlaydi.

Kompaniya Kairos Power startapi bilan umumiy quvvati 500 megavattli oltita yoki yettita kichik modulli yadroviy rekator (SMR)ni qurish bo‘yicha shartnoma imzoladi.

So‘nggi 20 yilda AQShda bunday reaktorlardan uchtasi qurib foydalanishga topshirilgan, Kairos Power va Google o‘rtasidagi kelishuv texnologiya kompaniyasi atom elektr stansiyasini qurishga ko‘maklashayotgan birinchi holatdir. Kairos Power startapi tashkil topganiga atigi yetti yil bo‘ldi, kompaniya 2030-yilda ilk tijoriy reaktorini qurib bitkazmoqchi, qolganlari 2035-yilda tayyor bo‘ladi.

Kairos reaktori suv bilan emas, balki ftoridli tuz yordamida sovitiladi. AQSh hukumati Tennessi shtatida ilk namoyish uchun 50 megavattli reaktorni qurishga ruxsat berdi, ishga tushirish 2027-yilga mo‘ljallangan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring