Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

To‘qayev Qozog‘istonda ikkinchi AESni ham qurmoqchi

To‘qayev Qozog‘istonda ikkinchi AESni ham qurmoqchi

Foto: Pixabay

Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakat hukumatining bugun, 28-yanvarda o‘tkazilgan kengaytirilgan yig‘ilishida Qozog‘istonda yadroviy energetikani rivojlantirish haqida so‘zladi.

Energiya taqchilligi o‘sib borayotgan bir sharoitda birinchi AES qurilishini tezlatish va umuman, mamlakatda yadroviy klasterni yaratishga kirishish lozim, dedi u.

To‘qayev hukumatga «Samruk-Qazina» bilan hamkorlikda atom sohasini rivojlantirishning uzoq muddatli rejasini ishlab chiqishni topshirdi. «Hukumat va parlamentdan ikkinchi atom stansiyasi quriladigan joy bo‘yicha takliflarni kutaman», — dedi Qozog‘iston prezidenti.

Uning ta’kidlashicha, Qozog‘istonga yadroviya energiya zarur, busiz mamlakatning bosqichma-bosqich rivojlanishiga erishib bo‘lmaydi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring