Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Google Chrome» uchun keng imkoniyatli antivirus yaratildi

«Google Chrome» uchun keng imkoniyatli antivirus yaratildi

Foto: «Tehnot»

«Microsoft» «Chrome» brauzeri uchun «Windows Defender Browser Protection» keng imkoniyatli antivirusini yaratdi. U foydalanuvchi kiradigan saytlarni xavfli havolalar ro‘yxati bo‘yicha tekshiradi va birortasini aniqlagudek bo‘lsa, darhol uni bloklaydi, deb xabar berdi «Layfxaker».

Xavfli havola aniqlanganida ekranda ogohlantiruvchi qizil belgi paydo bo‘ladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mazkur yangilik foydalanuvchini zararli dasturiy ta’minotni ko‘chirib olishga majbur etadigan «qopqon havolalar va saytlar» kabi onlayn tahdidlardan himoya qiladi. Xavf tug‘diruvchi zararli dasturlar ro‘yxati muntazam yangilanib turiladi.

«Microsoft»ning ta’kidlashichga, ushbu antivirus «Chrome»ni fishingdan 87 foiz aniqlikda himoya qiladi, «Firefox»da esa ushbu ko‘rsatkich 70 foizga teng. Himoyaning «Edge» brauzeridagi samaradorligi 100 foizga teng.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring