Yangilangan Google Chrome: tezroq ishlab, yaxshiroq himoyalaydi
«Ferra.ru» yozishicha, yangilangan Google Chrome (90-talqinidan boshlab) foydalanuvchilarning ma’lumotlarini, yangi funksiya hisobiga, yaxshiroq himoyalashga o‘tmoqda.
Bu yerda gap Chrome manzil qatorida sukut bo‘yicha yoziladigan https:// prefiksi haqida ketmoqda.
Endi nafaqat xavfsizlik darajasi, shuningdek, HTTPS protokolini qo‘llovchi saytlarning yuklanish tezligi ham oshadi.
Eslatish o‘rinliki, brauzerlardan foydalanuvchilar saytlarga URL (sayt manzili)ni qo‘lda yozish orqali kirishda http:// yoki https:// prefikslarini kamdan-kam ishlatishardi. Eski «xrom»larda bu holatda saytga kirishda dasturning o‘zi avtomatik tarzda http:// ni qo‘shib qo‘yardi. Internet saytlarining aksariyati HTTPS protokolini qo‘llamasligi nuqtai nazaridan qaralsa, bu eng to‘g‘ri yo‘l edi.
Endi esa brauzer foydalanuvchilarni trafikni shifrlash vositasida himoyalashning yanada xavfsiz porotokli — https:// ni sukut bo‘yicha kiritishni boshlaydi.
Shu bilan birga, agarda sayt HTTPS ni qo‘llamasa, brauzer prefiksni ishlaydiganiga avtomatik tarzda almashtiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter