Gonkongdagi tartibsizlik sunamiga qiyoslandi
Ekspertlar Gonkongdagi hukumatga qarshi ommaviy aksiyani sunami zarbasiga qiyoslashdi. Buni jurnalistlarga 9-avgust kuni mahalliy administratsiya boshlig‘i Kerri Lam yetkazdi.
«Iqtisodiy cho‘kish jadal tus oldi, ayrim mutaxassislar uni sunamiga qiyoslashyapti», — deydi u.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu tartibsizlik Gonkong iqtisodiyotiga 2003 yilda shiddatli tus olgan atipik zotiljam epidemiyasidan ham ko‘ra kuchliroq zarba bo‘ldi. Ustiga-ustak, odamlarning ma’lum bir qismi Gonkong iqtisodiyoti tanazzuliga ham qarshi emas, deya qo‘shimcha qiladi u.
«REGNUM» axborot agentligining xabar qilishicha, Gonkongda bir necha oy oldin boshlangan va jiddiy tus olgan ommaviy noroziliklar Xitoy qonunlarini buzganlikda gumon qilinayotganlarni Xitoyga topshirish to‘g‘risidagi qonun loyihasini qayta ko‘rib chiqishga sabab bo‘ldi. Keyinroq namoyishchilarga bir necha ming davlat xizmatchilari ham qo‘shilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter