«GM Uzbekistan» yirik ko‘ngilochar-savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi
«GM Uzbekistan» AJ mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida poytaxtning yirik «Samarqand Darvoza» ko‘ngilochar-savdo markazida avtomobillar savdosini yo‘lga qo‘ydi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Majmuaning 2-qavatida doimiy ravishda kompaniyaning dillerlik tarmog‘i vakili faoliyat ko‘rsatib, xaridorlarga sotuvda mavjud avtotransport vositalari to‘g‘risida ma’lumot beradi hamda avtomobil xarid qilish uchun shartnoma tuzadi.
Avtomobilni yetkazib berish shartnomada ko‘rsatilgan dilerlik korxonasi orqali amalga oshiriladi.
«Samarqand Darvoza» savdo-ko‘ngilochar markazi 2014-yilning mart oyidan faoliyat yuritib, unga bir yilda taxminan 5 million kishi tashrif buyuradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter