Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» nomi «UzAuto Motors»ga o‘zgardi

«GM Uzbekistan» nomi «UzAuto Motors»ga o‘zgardi

«GM Uzbekistan»  aksiyadorlik jamiyati nomi  «UzAuto Motors» aksiyadorlik jamiyati deb o‘zgartirildi. Bu haqda Telegramdagi «Davletovuz» kanali xabar berib o‘tdi. 

Kompaniya 2008-yilda AQShning «General Motors» va O‘zbekistonning «O‘zavtosanoat» AJ (75 foiz) tomonidan «O‘zDeuAvto» o‘rnida tashkil qilingan edi. Kompaniya quvvati yiliga 250 ming avtomobilni tashkil qiladi.

«Nexia», «Cobalt», «Lacetti» (Gentra) va «Malibu», «Spark», «Tracker», «Malibu», «Damas» mikroavtobuslarni ishlab chiqaradi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring