Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«GM Uzbekistan» «Damas» ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

«GM Uzbekistan» «Damas» ishlab chiqarishni ko‘paytiradi

Foto: «GM Uzbekistan»

«GM Uzbekistan» kompaniyasi 2019-yilda «Damas» va «Labo» avtomobillarini ishlab chiqarishni 54 ming donagacha yetkazmoqchi.

2018-yilda bu rusumdagi avtomobillarni ishlab chiqarish hajmi 42 ming donani tashkil etadi. Kelgasi yilda esa ularni ishlab chiqarish 54 ming donagacha yetkaziladi.

Kompaniyaning ma’lum qilishicha, 8-noyabr holatiga mijozlar uchun 27 mingta shartnoma tuzilgan (23 mingta shartnoma «Damas» va 4 mingta shartnoma «Labo» uchun).

Avvalroq «O‘zavtosanoat» AJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Umidjon Salimov «GM Uzbekistan» kompaniyasi mijozlar talabini qondirish va buyurtmalarni o‘z vaqtida yetkazib berish maqsadida bir kunda 1000 dona avtomobil ishlab chiqarayotganligini ma’lum qilgandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring