Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gipertoniyadan aziyat chekuvchilarga yordam beruvchi mevalar nomi ma’lum bo‘ldi

Gipertoniyadan aziyat chekuvchilarga yordam beruvchi mevalar nomi ma’lum bo‘ldi

Ba’zi mevalar gipertoniya, ateroskleroz va anemiyada salomatlikni yaxshilashi mumkin. Bular gilos va olxo‘ri, deb xabar beradi News.ru.

Rossiya davlat ta’lim universiteti tabiiy fanlar fakulteti dotsenti Vitaliy Napolovning ta’kidlashicha, qishda ko‘pchilikning qo‘llari qattiq sovuqlasha boshlaydi. Bu kapillyarlar bilan bog‘liq muammolarning natijasidir. Gilos va olxo‘ri ularni mustahkamlashga yordam beradi.

Ushbu mevalar kaliy, kalsiy, magniy va A va C vitaminlariga boy. Ular mayda kapillyarlarning devorlarini mustahkamlaydi va ularning mo‘rtlashishini oldini oladi. 

Bundan tashqari, ushbu mevalar qon ivishini kamaytiradi. Ular shuningdek, qarishni sekinlashtiradigan antioksidantlarni ham o‘z ichiga oladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring