Amerikalik mutaxassislar qon bosimini dori-darmonsiz tushirish yo‘lini ma’lum qilishdi
Amerikada Mayo klinikasi mutaxassislari fikricha, past intensivlik va qisqa muddatli mashqlar yuqori qon bosimini pasaytirishga yordam beradi. Daily Express ma’lumotlariga ko‘ra, ular gipertoniya profilaktikasida ham qo‘llanilishi mumkin.
Nashrning ta’kidlashicha, bunday mashg‘ulotlar muntazam ravishda 12 daqiqa davomida bajarilishi zarur.
Ular muayyan mushak yoki mushaklar guruhi qisqarishiga yo‘naltirilgan bo‘lib, bir holatda harakatsiz bajariladi, deyiladi xabarda.
Ularning fikriga ko‘ra, gipertoniya alomatsiz kechishi mumkin, ammo bu o‘limga olib kelishi hech gap emas. Chunki bunda yurak-qon tomir kasalliklari xavfi ortadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter