Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qora choy qon bosimini yaxshilaydi — avstraliyalik olimlar

Qora choy qon bosimini yaxshilaydi — avstraliyalik olimlar

Foto: «TEA.ru»

G‘arbiy Avstraliya universiteti olimlari qora choy gipertoniyaga qarshi kurashishda madadkor vosita ekanini ta’kidlashmoqda. Ushbu tadqiqot natijalari «American Journal of Clinical Nutrition» jurnalida e’lon qilindi.

Mutaxassislar sistolik arterial bosimi (maksimal yuqori qon bosimi — tahr.) baland bo‘lgan erkaklar va ayollar ishtirokida sinov o‘tkazishdi. Jalb etilgan ko‘ngillilar kuniga uch finjon (chashka)dan qora choy yoki kofeinli ichimlik ichib borishdi. Ularning ko‘rsatkichlari birinchi kunda, oradan uch oy o‘tib va sinov boshlanganidan yarim yil o‘tib tekshirib ko‘rildi.

Ma’lum bo‘lishicha, choy sistolik va diastolik (minimal) bosimlar barqarorlashishiga yaxshi ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, tunda ko‘rsatkichlar 10 foizga yaxshilangan. Samaradorlik birinchi kundanoq qayd etilgan bo‘lib, olti oygacha davom etgan.


Qora choy va ko‘k choy haqida ko‘proq ma’lumot

Foto: «Stihoblog.ru»

«Tadqiqot natijalari qora choy tarkibidagi kofeindan tashqari qaysidir modda ham arterial bosimning tunda o‘zgarib ketish tezligiga ta’sir qilishini ko‘rsatdi», — deyiladi tadqiqot natijalariga bag‘ishlangan maqolada.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring