Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

G‘ijduvonda ag‘darilgan avtobus: rasmiy tafsilotlar e’lon qilindi

G‘ijduvonda ag‘darilgan avtobus: rasmiy tafsilotlar e’lon qilindi

Foto: «UzNews.uz»

Bugun Buxoroda avtobus ag‘darilib ketgani haqida xabar bergan edik.

Ichki ishlar vazirligi rasmiy saytida ushbu hodisa tafsilotlari e’lon qilindi.

Ma’lum bo‘lishicha, hodisa 10:50da Buxoro viloyatining Jondor tumanida sodir bo‘lgan. G‘ijduvon tumanida yashovchi J.Muzaffarov boshqaruvidagi «Setra» rusumli avtobusni tuman hududidan o‘tuvchi A-380 «G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beyneu» avtomobil yo‘lining 319-km.da haydab ketayotgan vaqtida avulovning orqa o‘ng g‘ildiragi baloni yorilib ketgan. Oqibatda avtobus yo‘l chetiga chiqib, «yonboshlagan».

Hodisa oqibatida 49 nafar yo‘lovchining 4 nafari jarohat olgan va shifoxonaga yotqizilgan. Shuningdek, 26 nafar yo‘lovchiga shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Yana 19 nafar yo‘lovchi esa jarohat olmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring