Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniyalik o‘n minglab sayyohlar zudlik bilan Ispaniyani tark etishadi

Germaniyalik o‘n minglab sayyohlar zudlik bilan Ispaniyani tark etishadi

Foto: «Yandex»

Qariyb 40 mingdan ziyod nemis sayyohlari yaqin haftalarda Balears orollari va Ispaniyaning boshqa hududlarini tark etishi zarur, deya xabar berdi «Tourprom».

Sababi — koronavirus bilan kasallanish holati ko‘paygani bois xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan chiqarildi. Germaniya hukumati o‘z tavsiyalarini qaytadan ko‘rib chiqib, sayyohlarga ushbu davlat hududiga borishni maslahat bermayapti. Faqat Kanar orollari bundan mustasno.

Bundan tashqari, Ispaniyadan kelganlarning hammasi COVID-19ga test topshirishi va natijasi chiqquncha karantinda bo‘lishi yoki 48 soat davomida qilingan tahlilning manfiy natijalari haqida ma’lumotnoma taqdim etishlari shart.

Germaniya turoperatorlari ushbu qaror tufayli Ispaniyaga parvoz qilish dasturlarini bekor qilishdi. U yerga ketib bo‘lgan sayyohlar esa muddatidan oldin qaytib kelishlari mumkinligi aytilmoqda. Yaqin kunlarda parvoz qilishni rejalashtirib yurganlar esa boshqa yo‘nalishlarni tanlash imkoniyatiga ega.

Avvalroq Ispaniyani xavfsiz mamlakatlar ro‘yxatidan Buyuk Britaniya o‘chirib tashlagandi. Shu bois Balears orollari va boshqa kurortlar mavsumni muddatidan oldin tugatishiga to‘g‘ri keladi. 400 ga yaqin mehmonxona allaqachon yopilganini e’lon qildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring