Germaniyadagi to‘yda ellikdan oshiq kishi is gazidan zaharlandi
Germaniyaning Dyusseldorf shahridagi to‘y chog‘ida 50 dan ortiq kishi is gazidan zaharlandi, deya xabar berdi Bild am Sonntag gazetasi.
Hodisa turkiyaliklar to‘yida sodir bo‘lgan.
To‘y paytida mehmonlardan biri to‘satdan kasal bo‘lib qolgan. Voqea joyiga yetib kelgan shifokorlar zudlik bilan binoda uglerod oksidi miqdori ortganini qayd etgan.
Natijada 34 kishi qisman og‘ir zaharlanish belgilari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Avvalroq Kanadaning Monreal shahrida kamida 130 kishi is gazidan zaharlangandi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter