Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya Ukrainaga «Leopard» tanklarini berishga rozi bo‘ldi

Germaniya Ukrainaga «Leopard» tanklarini berishga rozi bo‘ldi

Olaf Shols boshchiligidagi Germaniya hukumati «Leopard» tanklarini Kiyevga topshirishga rozi bo‘ldi, deb yozmoqda Spiegel nashri manbalarga tayanib.

«Qaror qabul qilindi: Germaniya Ukrainaga «Leopard»  jangovar tanklarini yetkazib beradi», — deyiladi xabarda.

Bundan tashqari, Berlin Ukrainaga o‘zlarining mavjud «Leopard» tanklarini yetkazib berishni xohlaydigan davlatlarga ruxsat berishni rejalashtirmoqda. Nashrning aniqlik kiritishicha, NATOga a’zo ba’zi davlatlar, jumladan, Skandinaviya davlatlari ham bunga tayyor.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Germaniya 14 ta «Leopard 2A6» tanklarini yetkazib beradi. Bu qarorni qabul qilishdan oldin Germaniya yaqin ittifoqchilari va AQSh bilan bir necha kun intensiv ravishda maslahatlashgan. Qo‘shma Shtatlar ham o‘zining «Abrams» tanklarini Kiyevga katta miqdorda o‘tkazish imkoniyatini ham ko‘rib chiqmoqda.

 

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring