Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Germaniya janubida koronavirusning yangi shtammi topildi

Germaniya janubida koronavirusning yangi shtammi topildi

Foto: «Shraibikus.com»

Germaniya janubida joylashgan Bavariya federal yerida Garmish-Partenkirxen shahridagi klinikada koronavirus tarqalgan paytda COVID-19ning yangi ko‘rinishi aniqlandi. Bu haqda «Myunxner merkur» gazetasi xabar bermoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, tibbiy muassasada 73 kishi koronavirusga chalingan. Ular orasida xodimlar ham, bemorlar ham bor. Shu bilan birga, ularning uchtasida COVID-19ning ilgari noma’lum bo‘lgan shtammi aniqlandi. Tahlillar chuqurroq tekshiruvlar uchun «Sharite» poytaxt klinikasiga yuborilgan.

Olimlar Garmish-Partenkirxenda, haqiqatan ham, koronavirusning mutlaqo yangi shakli topilganligini ta’kidlashmoqda. Biroq hozirda mutaxassislar uning xususiyatlaridan bexabar.

«Sharite»ning hisob-kitoblariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha COVID-19ning 12 mingdan ortiq mutatsiyasi qayd etilgan. Mutaxassislar yuqish darajasi yuqori bo‘lganligi sababli Britaniya shtammidan ko‘proq xavotirlanishmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring