G‘azoda BMT ham misli ko‘rilmagan talafotga uchradi
G‘azoda 7 oydan buyon davom etayotgan urush davomida BMTning 189 nafar xodimi halok bo‘ldi. Bu haqda xalqaro tashkilot hisobotida qayd etilgan.
Hisobotda Isroil bombardimonlari oqibatida tinch aholi vakillari soni oshib borayotgani, G‘azoda gumanitar inqiroz — ochlik, tashnalik va yuqumli xastaliklar kuchayayotgani xavotirli hol o‘laroq bayon qilingan. Isroil ma’muriyati mintaqaga insonparvarlik ko‘magi yetkazishga to‘sqinlik qilayotgani ham qoralangan.
So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, 2023-yil 7-oktyabrda Isroil armiyasi HAMAS harakati hujumiga javoban G‘azoga bostirib kirganidan buyon 35 173 nafar falastinlik halok bo‘ldi, yana 79 061 nafari jarohatlandi.
BMT bosh kotibi Antoniu Guterrishga ko‘ra, xalqaro tashkilotning butun tarixi mobaynida G‘azodagi kabi ko‘p o‘lim kuzatilmagan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter