G‘azo sektoridagi urush to‘xtashi mumkin. Lekin...
Isroil va G‘azo sektori hukumati bir oylik o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda NBC telekanali manbalariga asoslanib xabar bermoqda.
Bitimning sharti Isroil va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirishdir. Vaqtinchalik sulhdan keyin to‘liq o‘t ochishni to‘xtatish imkoniyati qayd etilgan.
«Bu Isroilga arab va musulmon davlatlari, jumladan Saudiya Arabistoni bilan munosabatlarni normallashtirishni o‘z ichiga olgan katta rejaning bir qismidir», dedi telekompaniya.
Shu bilan birga, Isroil va arab mamlakatlari o‘rtasidagi yaqinlashuvning sharti yahudiy davlatining «Falastin davlatini yaratish uchun qaytarib bo‘lmaydigan qadamlar»ga ko‘nishidir.
Eslatib o‘tamiz, G‘azo sektorida Isroil hujumlari oqibatida halok bo‘lganlar soni 24 448 nafarga yetdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter