«Gazchi» 1000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi
![«Gazchi» 1000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi](https://static.xabaruz.com/crop/2/0/720_460_95_2058097817.jpg)
Oltiariq tuman gaz ta’minoti uchastkasi xodimi R.X. 1000 AQSh dollari bilan qo‘lga tushdi. U mazkur pulni ijaraga olgan nonvoyxonaning loyiha-texnik hujjatlarini to‘g‘rilash va gazlashtirib evaziga talab qilgan. Hali ish boshlab ulgurmagan tadbirkorga esa bu talab ma’qul kelmadi. Va to‘g‘ri shu tuman MIB boshlig‘iga murojaat qildi.
Tadbirkor arizasini sotvutmay ishga kirishgan MIB Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Oltiariq tuman bo‘limi tezkor xodimlari darrov tadbir o‘tkazib, «tumangaz» ma’muriy binosining o‘zida «hojatbaror»ni daliliy ashyolar bilan qo‘lga olaqoldi.
Ayni paytda holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 168-moddasi tegishli bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter