Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Gaz chaqnashi va is gazi xavfining qanday oldini olish mumkin? Tavsiyalar

Gaz chaqnashi va is gazi xavfining qanday oldini olish mumkin? Tavsiyalar

AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda Favqulodda vaziyatlar vazirligi mas’uli Samandar Hikmatullayev aholiga yong‘in, havo-gaz aralashmasining chaqnashi hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish maqsadida qator maslahatlarni taqdim etdi.  Demak ular quyidagicha: 

- Tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

- Elektr xo‘jaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan yong‘inlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

- Isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida o‘rnatilishi bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

-  Isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

- Gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

- Gaz ta’minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda, gaz jihozlarini taftishdan o‘tkazib, ularga texnik xizmat ko‘rsatilishini tashkil eting;

- Gaz uskunalarini ulash bo‘yicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

- Yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

- Gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning o‘chib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e’tibor bering»

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring